Huawei 1
Xorazm va Jizzaxda issiqxona gazlarini kamaytirishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri o‘rinbosari Iskandar Qutbiddinov boshchiligidagi delegatsiya Janubiy Koreyaning Inchxon shahridagi "Song-do" chiqindilarni yoqish orqali energiya olish zavodiga tashrif buyurdi.

"Song-do" zavodiga tashrif Jizzax viloyatida piroliz usuli orqali chiqindi yoqish amaliyotini joriy etishga qaratilgan loyiha doirasida amalga oshirildi.

Maʼlumot uchun, "Song-do" zavodi 2006-yilda barpo etilgan va hozirda kuniga 540 tonna chiqindi piroliz usuli orqali ikki kameralik pechkada (1-kamerada 1000 gradusdan yuqori va 2-kamerada 950 gradus haroratda) yoqiladi.

Shu bilan birga, I. Qutbiddinov “Green Hammer Co., Ltd.” kompaniyasi bosh direktori va prezidenti D.Cho bilan uchrashdi. Uchrashuvda Xorazm va Jizzax viloyatlarida organik chiqindilarni yoqish, tozalash va qayta ishlash korxonalarini tashkil etish orqali issiqxona gazlarini kamaytirish loyihasini amalga oshirish maqsadida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101619 | Инструменты