Huawei 1
Xorazm viloyati IIB boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

Polkovnik Abdumajid Shermuhamedov Mavlyanovich Xorazm viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar qildi. 

Bunga qadar u Toshkent shahar Yunusobod tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.

Bundan avval 2017-yil sentyabrdan buyon Ichki ishlar vaziri lavozimida ishlab kelayotgan Po‘lat Bobojonov prezidentning kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari etib tayinlangani haqida xabar berilgandi. Uning o‘rnini shu paytga qadar Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan Aziz Toshpo‘latov egalladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42911 | Инструменты