Huawei 1
Xorazmda maktab direktori sochini o‘rmagan o‘quvchi qizni kaltakladi

Xorazm viloyatida maktab direktorining dars vaqtida sinf xonalarda biriga kirib, o‘quvchi qizni kaltaklagani aks etgan tasvirlar bo‘yicha viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, holat 7 aprel kuni Qo‘shko‘pir tumanidagi 14-sonli maktabda sodir bo‘lgan. Maktab direktori dars vaqtida 11-sinf xonasiga kirib, bir necha qizlarni sochini yig‘maganligi sababli ularning sochidan tortib, tanbeh beradi va buning ortidan ularning biri bilan janjallashib ketadi.

Idora xabarida holat yuzasidan maktab direktori vakolatli tashkilotlar tomonidan maʼmuriy javobgarlikka tortilgani, shuningdek, unga pedagogga xos bo‘lmagan harakatlari uchun hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgani maʼlum qilingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42923 | Инструменты