Xorazm viloyati Urganch tumanida 2 mlrd so‘mlikdan ziyod tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlandi.
“O‘zenergoinspeksiya” Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Urganch tumanida faoliyat yuritayotgan “E.K.” MCHJga qarashli novvoyxonada hisoblagichdan tashqari yashirin yo‘l bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi maʼlum bo‘ldi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz taʼminoti korxonasiga 2 mlrd 92 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111813 | Инструменты