Huawei 1
Yadro fizikasi institutiga tegishli yashil belbog‘ hududida 6 gektarga yaqin maydon yonib ketdi

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Ulug‘bek shaharchasida yong‘in sodir bo‘ldi. Fanlar akademiyasi qoshidagi Yadro fizikasi institutiga tegishli yashil belbog‘ hududida 6 gektarga yaqin maydon yonib ketgan.

Ekologiya vazirligi xabariga ko‘ra, hozirda vazirlik tomonidan tezkor ishchi guruh tuzilib, voqea joyida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Yong‘in sababi, oqibatlari va boshqa tafsilotlar aniqlanmoqda.

O‘rganish natijalariga ko‘ra batafsil axborot berilishi ma’lum qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42821 | Инструменты