Yangi hafta boshida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi

O‘zgidromet 26-28 may kunlari kuzatildigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 26 mayda 15-20 daraja, 27-28 mayda 13-18 daraja, kunduzi 26 va 28 mayda 27-32 daraja, 27 mayda 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 26 mayda 17-22 daraja, 27-28 mayda 15-20 daraja, kunduzi 26 va 28 mayda 27-32 daraja, 27 mayda 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26-27 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 26 mayda 30-35 daraja, 27 mayda 25-30 daraja, 28 mayda 27-32 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26-27 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 26 va 28 mayda 30-35 daraja, 27 mayda 27-32 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 26-27 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 26 mayda 27-32 daraja, 27-28 mayda 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 26 va 28 mayda 15-20 daraja, 26-27 mayda 12-17 daraja issiq bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21812 | Инструменты