Huawei 1
Yanvar oyining so'nggi kunlarida O'zbekiston bo'ylab qanday ob-havo kuzatilishi ma'lum bo'ldi

"O'zgidromet" xizmati O'zbekiston hududlari bo'ylab 28-31-yanvar kunlariga ob-havo prognozini e'lon qildi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 30-31 yanvarda Qoraqolpog’oiston respublikasida ba’zi joylarda qor yog’adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo’ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog’adi, faqat 30-31 yanvarda Buxoro viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, 29-30 yanvar kunduzi 0-5° iliq, 31 yanvarda 2-7° iliq bo’ladi; Navoiy viloyatining shimolida harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo’ladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog’adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 29 yanvar ba’zi joylarda qor yog’adi. 30-31 yanvarda yog’ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 29 yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 1-6° iliq, 30-31 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog’adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 29 yanvarda kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq, 30-31 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi, 0-5° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 29-30 yanvar ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi, 31 yanvarda yog’ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 29 yanvarda kechasi va kunduzi 2-7° sovuq, 30-31 yanvarda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12807 | Инструменты