“Umumiy o‘rta taʼlim sohasi xodimlari o‘rtasida “Yil o‘qituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlarini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (264-son, 28.04.2025 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2026 yildan har 2 yilda 1 marta quyidagi tanlovlar o‘tkaziladi:
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlari o‘rtasida “Yil o‘qituvchisi” tanlovi;
pedagogik mahorat markazlari direktorlari o‘rtasida “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovi.
Qaror bilan quyidagi nizomlar tasdiqlandi:
- “Yil o‘qituvchisi” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi;
- “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi.
Tanlovlar yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan har bir nomzod QR-kodli sertifikat bilan taqdirlanadi.
Sertifikat asosida g‘oliblar BHMning 1 400 baravari (525 mln) ga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 43000 | Инструменты