Huawei 1
Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tender savdolarida qonun buzilishi aniqlandi

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga Ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan 2024-yil 10-iyunda boshlang‘ich qiymati 26 mlrd 500 mln so‘mga yaqin o‘tkazilgan tender savdolari yuzasidan murojaat kelib tushgan.

Qo‘mita tomonidan murojaatga asosan olib borilgan o‘rganishlarda tender savdolari yo‘l belgilari uchun bo‘yoqlar va shisha mahsulotlarni xarid qilish uchun o‘tkazilgani maʼlum bo‘ldi.

Ishni ko‘rib chiqish natijasida, Raqobat to‘g‘risida”gi qonunining 29-moddasi talablari buzilgan deb topilib, Ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasiga nisbatan tender savdo natijasini haqiqiy emas deb topish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Shuningdek, ushbu qonunbuzilish holatiga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxsga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikni belgilash  masalasi ko‘rib chiqiladi. 

Maʼlumot o‘rnida, maxsus komissiyaning ushbu qaroridan norozi bo‘lgan tomon qo‘mitaning apellyatsiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Raqobat qo‘mitasi davlat xaridlarini o‘tkazishda “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunlariga rioya etilishi yuzasidan doimiy ravishda monitoring ishlari olib bormoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91623 | Инструменты