Huawei 1
Yosh mutaxassislar pedagogik amaliyot bilan shug‘ullanish uchun chekka maktablarga yuboriladi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda “Teach for Uzbekistan” nodavlat notijorat muassasasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Unda keltirilishicha har yili respublikaning taʼlim sifati past maktablariga turli oliygohlarning  bilimli va pedagogik mahorati bor yoshlar amaliyot uchun yuborilishi belgilangan. 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab ushbu amaliyot sinov-tajriba tariqasida Qashqadaryo viloyatida qo‘llaniladi. 

Yangi o‘quv yilida o‘qituvchilik layoqati yuqori bo‘lgan 13 nafar iqtidorli yoshlar tajriba tariqasida Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi 2- va 4-sonli, Ko‘kdala tumanidagi 3-va 4-sonli maktablarga yuboriladi. Ular mazkur maktablardagi ustozlar bilan birgalikda pedagogik faoliyat olib boradi, taʼlim sifatining oshishi va zamonaviy bilimlarning rivojlantirilishida yordam beradi.

Yoshlarni moliyaviy qo‘llab quvvatlash “Teach for Uzbekistan” tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.

Shu o‘rinda Taʼlim sifati past maktablarga qanday maktablar kirishiga vazirlik quyidagicha izoh berdi .

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshishi ustidan nazorat olib boradi. Sinov qoniqarli o‘tgan taqdirda kelgusi yillarda yosh pedagoglar sonini va maktablar qamrovini oshirish rejalashtirilgan. Maʼlumot o‘rnida, “Teach for Uzbekistan” taʼlimni rivojlantirishga oid turli xalqaro loyihalarning asoschisi bo‘lgan “Teach for all” jamiyatining hamkori hisoblanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91801 | Инструменты