Huawei 1
Yoshlar ishlari agentligi “Dahshat” hikoyasi asosida “Unsin” filmini suratga oldi

Xabaringiz bor, Yoshlar ishlari agentligi "Mutolaa" mobil ilovasinini ishga tushirgan. Ilovadan foydalanuvchilar  nafaqat o'zbek va jahon adabiyoti namunalarini o'qishlari, balki "Kitob-kino" ruknida turli asarlar asosida yaratilgan badiiy va hujjatli filmlarni ham tomosha qilishalari mumkin. Dastlab Javlon Jovliyevning "Qo'rqama" asari asosida hujjatli film ishlangan bo'lsa, endi Abdulla Qahhorning "Dahshat" hikoyasi asosida "Unsin" filmi premyera qilindi

Hikoya nima uchun bunday nomlangan? Yozuvchi asarda qorong’u va qo’rqinchga to’la qabristonni dahshat deydimi yoki bo’ron vaqti qabristonda qumg’on qaynatib kelgan Unsinning jasoratinimi? Axir u bu jasorati orqali barchani dahshatga solgan. Asarni o’qish barobarida filmni ham tomosha qilgan ixlosmandlar bu savolga javob topa oladi.

Film shunchaki ishlanmadi. Unsinning bugungi zamon qizlariga aytar so’zlari ham bor.

Ma’lumot o’rnida, yaqin kunlarda “Mutolaa” ilovasi foydalanuvchilari “Kitob-kino” ruknida A.Yo’ldoshevning “Puankare”, Ernest Xemenguaeyning “Chol va dengiz” asarlari asosida yaratigan filmlarni tomosha qilishlari mumkin bo’ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91801 | Инструменты