2025-yilgi Osiyo yoshlar o‘yinlari O‘zbekistonda o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Bu haqda Osiyo Olimpiya kengashi X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida maʼlum qildi.
“Osiyo Olimpiya kengashi O‘zbekiston mezbonligida Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Yoshlar o‘rtasidagi 3-Osiyo o‘yinlari 2025-yilda Bahraynda o‘tkazilishini maʼlum qiladi. Bugun, 2-dekabr kuni o‘tkazilgan tashkilot ijroi qo‘mitasi yig‘ilishida bu haqdagi qaror qabul qilindi”, deyiladi Osiyo Olimpiya kengashi rasmiy axborotida.
Ushbu musobaqa 9 sport turidan 43 ta mamlakatdan kelgan 14-17 yoshli sportchilar o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilgandi.
Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi OCA’ga xat yo‘llab, 2025-yil sentabr oyiga rejalashtirilgan Osiyo Yoshlar o‘yinlariga mezbonlik qila olmasligini bildirgan. Bunga Toshkentdagi Olimpiya shaharchasi qurilishi o‘z vaqtida yakunlanmasligi sabab qilib ko‘rsatilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120220 | Инструменты