Huawei 1
Yulduz Rajabova va Burak O‘zchivit bitta serialda rol o‘ynadi

“Boyvachcha kuyov”, “Mendirman Jaloliddin”, “Oyqiz” kabi ko‘plab filmlardagi roli bilan tanilgan o‘zbek aktrisasi Yulduz Rajabova turkiyalik mashhur aktyor Burak O‘zchivit bilan bitta serialda suratga tushdi. Buni Burakning Instagram'dagi sahifasiga joylangan anonsda ham ko‘rish mumkin.

Yulduz Rajabova turkiyalik rejissyor Mehmet Bozdag‘ rejissyorligida suratga olingan "Hukmdor Usmon" tarixiy serialining yangi qismlarida rol o‘ynagan. Undagi bosh qahramon obrazini esa Burak O‘zchivit gavdalantirgan.

Shuningdek, aktrisa ayni paytda Amerikaning Netflix servisi tomonidan suratga olinayotgan Amir Temur haqidagi tarixiy filmda ham ishtirok etyapti. Bu haqda Yulduz Rajabova ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida post joylagan.

“Har bir loyiha ortida odamlarga o‘zgacha taassurot ulasha oladigan mehnatkash jamoa bor. Men uzoq vaqtdan beri jamoamizni Jeykob Shvars rejissyorligidagi "Tamerlan" loyihasini yakunlagani bilan tabriklamoqchi edim. Ushbu loyihadagi qulaylik uchun butun jamoaga ham, yangi do‘stlarga ham rahmat”, deb yozgan aktrisa.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22203 | Инструменты