Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tumani bo‘limi hamda alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda “B.” MCHJ rahbari Z.M. va texnologi R.A. o‘zaro til biriktirib, “Gulbog‘” MFY hududidagi binoda tegishli ruxsatnoma va litsenziya olmasdan qonunga xilof ravishda etil spirti ishlab chiqarish va o‘tkazish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganliklari aniqlanib, tadbir jarayonida umumiy bahosi 344,1 mln so‘mlik jami 10 ming litr etil spirti ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10617 | Инструменты