Zilemxon Haydarov O‘zbekiston tennis federatsiyasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda federatsiyada bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari saylov konferensiyasida maʼlum qilindi.
Federatsiya raisining yana bir o‘rinbosari o‘zbekistonlik tennischi Iroda To‘laganova bo‘ldi. U Osiyo chempioni, qizlar o‘rtasidagi Uimbldon turniri va AQSH ochiq chempionati g‘olibi. Shuningdek, "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi" faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Eslatib o‘tamiz, tadbirkor va mutaxassis, ko‘p yillar davomida “Paxtakor” klubi prezidenti lavozimida ishlagan Botir Rahimov Tennis federatsiyasi raisi bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22120 | Инструменты