Huawei 1
Zomin qo‘riqxonasidan ayiq qochib ketgani haqidagi xabarlar rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan "Zomin tog‘-o‘rmon davlat qo‘riqxonasidan ayiq qochib ketganligi aytilmoqda" mazmunidagi  xabar yuzasidan Jizzax viloyati,  Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi  boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qildi:

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Zomin davlat qo‘riqxonasida ayiqlar tabiiy ravishda yashaydi. Qo‘riqxona xodimlarining so‘zlariga  ko‘ra, shu kecha-kunduzda bu hududda ayiqning qochib ketganligi holati kuzatilmagan.

"Shunday ekan, ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabar yolg‘on ekanini ma’lum qilib, aholidan ortiqcha xavotirga tushmasliklarini so‘rab qolamiz", deyiladi xabarda. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112904 | Инструменты