Huawei 2
Bahodir Jalolov ​WBC yangilangan reytingida top 15 likka kirdi

Professional boksning tayanch tashkilotlaridan biri hisoblangan Butunjahon boks kengashi (WBC) dekabr oyi bo‘yicha reytingi yangilandi. Boshqa tashkilotlardan farqli o‘laroq, WBC 40 talik reytingni e’lon qiladi. 

Unda sportchilarimiz o‘rinlari bilan tanishing:

Og‘ir vazn: Bahodir Jalolov top 15 likda qayd etildi va 14-o‘rindan joy oldi;

Super o‘rta vazn toifasi (76,2 kg): Azizbek Abdug‘ofurov 11-o‘rin, Bektemir Meliqo‘ziyev 26-o‘rin;

Super yarim o‘rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov 8-o‘rin;

Yarim o‘rta vazn (66,6 kg): Qudratillo Abduqahhorov 18-o‘rin, Shahram Gʻiyosov 21-o‘rin, Jamshidbek Najmitdinov 29-o‘rin;  

Super yengil vazn (63,5 kg): Shohjahon Ergashev 11-o‘rin; Botir Ahmedov 22-o‘rin;

Birinchi o‘ta yengil vazn (48,8 kg): Hasanboy Do‘smatov 13-o‘rin.

Avvalroq, Bahodir Jalolov The Ring nashri talqiniga koʻra “Yil loyihasi” boʻlishga asosiy daʼvogar bo'lgani haqida xabar qilingandi.

Izohlar: 2
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga