Huawei 1
Bahromjon G‘oziyev nufuzli musobaqada sovrindor bo‘ldi

BAAningAbu-Dabi shahrida ot sportining konkur bo‘yicha o‘tayotgan CSI2* toifasidagi nufuzli musobaqada 105 nafar kuchli chavandozlar o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazmoqda.

Ular orasida O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon G‘oziyev muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Chavandozimiz o‘zining “Lady” laqabli oti bilan 130 sm. balandlikdagi to‘siqlardan ot sakratishda kumush medalga ega chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, 19 yanvar kuniga qadar davom etadigan mazkur musobaqaning o‘tgan kungi bahslarida Bahromjon G‘oziyev eng kuchli 10 ta chavandoz o‘rtasida oltinchi o‘rinni egallagan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11900 | Инструменты