Serbiyaning Nish shahrida boks boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati oʻz yakuniga yetdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, oʻz tarixida ilk bor 1 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor boʻldi.
-66 kg vazn toifasining final jangida Navbahor Hamidova Olimpiada va jahon chempioni, turkiyalik Busenaz Surmenliga imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan taqdirlandi. Shunday boʻlsa ham, u kattalar oʻrtasidagi dunyo birinchiliklarining finalida ringga koʻtarilgan birinchi oʻzbekistonlik bokschi qizga aylandi. Musobaqada shohsupaga koʻtarilgan hamyurtlarimizni eslab oʻtamiz:
Kumush medal:
-66 kg: Navbahor Hamidova
Bronza medal:
-48 kg: Farzona Fozilova
-50 kg: Sabina Boboqulova
-52 kg: Feruza Kazakova.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31713 | Инструменты