Huawei 1
Dzyudochilarimiz Antalyada asosiy tarkibda ishtirok etishadi

29-31-mart kunlari Turkiyaning Antalya shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniri bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqa Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari oldidan “Katta dubulg‘a” seriyalaridagi so‘nggi uch startdan biri hisoblanadi.

Jahonning 91 mamlakatidan 661 nafar atlet ishtirok etishi kutilayotgan mazkur turnirda O‘zbekiston terma jamoasi ham asosiy tarkibda qatnashadi. O‘zbekiston dzyudo federatsiyasining ma’lum qilishicha, terma jamoamiz Antalyada quyidagi tarkibda medallar uchun kurash olib boradi:

Erkaklar:
-60 kg: Dilshodbek Baratov
-60 kg: Doston Ro‘ziyev
-66 kg: Muhriddin Tilovov
-66 kg: Sardor Nurillayev
-73 kg: Shahram Ahadov
-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev
-81 kg: Nurbek Murtozoyev
-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev
-90 kg: Davlat Bobonov
-100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev
+100 kg: Alisher Yusupov
+100 kg: Shohruh Baxtiyorov

Ayollar:
-48 kg: Halima Qurbonova
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-52 kg: Sita Qadambayeva
-57 kg: Shukurjon Aminova
-70 kg: Shohista Nazarova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva
+78 kg: Rinata Ilmatova

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110718 | Инструменты