Huawei 1
Rossiya kompaniyasi O'zbekiston fuqarolarini qonuniy tarzda ish bilan ta'minlash taklifini bildirdi

O'zbekiston bosh konsuli Jaxongir Parmanov Rossiyaning "Keyterinburg" federal oziq-ovqat kompaniyasi rahbari Ruslan Doljenko bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Unda Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan vatandoshlarimizning huquqiy himoyasi, ularga yaratib berilayoigan shart-sharoitlar to'g'risida fikr almashildi.

Ruslan Doljenko "Keyterinburg" kompaniyasi Sverdlovsk viloyatida o'z faoliyatini kengaytirayotganini bildirdi. Shuningdek, u yangi tashkil etilayotgan quvvatlarga 100 nafarga yaqin O'zbekiston fuqarolarini qonuniy tarzda ish bilan ta'minlash imkoniyati borligini ma'lum qildi.

Muloqot yakunida taklif etilgan bo'sh ish o'rinlariga O'zbekiston fuqarolarini jalb etish maqsadida mamlakatimizning tegishli tashkilotlari vakillari bilan alohida uchrashuv tashkil etish to'g'risida kelishib olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92217 | Инструменты