Huawei 1
Gandbolchilarimiz muddatidan avval Markaziy Osiyo chempioni bo‘ldi

Qozog‘istonda gandbol bo‘yicha erkaklar jamoalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan Markaziy Osiyo chempionatining oltinchi kungi o‘yinlari yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi muddatidan avval chempionlikni tantana qildi.

Mamlakatimiz gandbolchilari oltinchi kungi o‘yinda Tojikiston jamoasini oltita to‘p farqi bilan mag‘lub etdi.  

Shiddatli kechgan bahsda gandbolchilarimiz 26:20 hisobida zafar quchdi. Bu bilan O‘zbekiston terma jamoasi muddatidan avval Markaziy Osiyo chempioni nomiga sazovor bo‘ldi.  

Yangi yil bayrami arafasida o‘zbekistonlik sport ixlosmandlariga o‘ziga xos sovg‘a bo‘lgan chempionat davomida O‘zbekiston terma jamoasi barcha o‘yinlarda 100 foizlik natija qayd etdi.

21 dekabr chempionatning so‘nggi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun musobaqa nizomiga binoan dam olish kuni sifatida belgilangan. Oxirgi o‘yin kunida Qozog‘iston – Qirg‘iziston, Turkmaniston – Mo‘g‘uliston, Tojikiston – Pokiston jamoalari o‘zaro raqobatlashadi.

Ushbu o‘yinlar natijasiga ko‘ra chempionatning kumush va bronza medali egalari aniqlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122216 | Инструменты