Haqiqat qaror topdi: Sharifa Davronova kumush emas, oltin medalga sazovor bo'ldi
Xabaringiz bor, shu kunlarda Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamligi o'yinlari xalqaro musobaqasi davom etmoqda.
Kecha, 10-avgust kuni Konya-2021 musobaqasining yengil atletika boʻyicha ayollar oʻrtasidagi uch hatlab sakrash dasturida hamyurtimiz 15 yoshli Sharifa Davronova 14.30 metr natija bilan kumush medalga sazovor boʻlgani haqida eʼlon qilingan edi. Keyinchalik hakamlar hayʼatining qayta koʻrib chiqishi natijasida 1-oʻrinda koʻrsatilgan turkiyalik sportchi Tugba Danishmas eng yaxshi natijasini amalga oshirganda taqiqlangan chiziqni bosgani aniqlandi va ushbu urinish bekor qilindi. Shu tariqa, Sharifa Davronova uch hatlab sakrash yoʻnalishi chempioniga aylanmoqda!
Bunga qadar ushbu yosh sportchi Kolumbiyadagi jahon chempionatida oltin medalga sazovor bo'lgan edi.
Avvalroq, Konya-2021 dagi bugungi kunga qadar qo'lga kiritilgan medallar sarhisobi hamda O'zbekistonning unda nechinni o'rinni egallab turgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40410 | Инструменты