Konyadagi Islom birdamligi o'yinlarida medallar sarhisobi: O'zbekiston hozircha umumjamoa hisobida nechinchi o'rinda?

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamligi oʻyinlari davom etib kelmoqda.

Kechagi kungi bellashuvlarda sportchilarimiz jami 16 ta medal qoʻlga kiritishdi. Shundan 6 tasi oltin, 4 tasi kumush, 6 tasi bronza medallaridir. Kecha, 10-avgust kungi bahslarda oltin medallarga taekvondochi Shuhrat Salayev, erkin kurashchi Jahongirmirzo Turobov, balandlik sakrash sektorida 1.97 sm natija qayd etgan Safina Sadullayeva, bosqon uloqtiruvchi Shuhrat Xoʻjayev, para yengil atletika sport turining balandlikka sakrash bahslarida Omadbek Hasanov (1.90 sm) hamda velosportchi Olga Zabelinskaya sazovor bo'lishdi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston terma jamoasi bugungi kun bahslari oldidan 56 davlat ishtirok etayotgan musobaqada 11 ta oltin, 10 ta kumush, 18 ta bronza, jami 39 ta medal bilan umumjamoa hisobida 3-oʻringa koʻtarilib oldi.

Turkiya terma jamoasi hamon katta farq bilan peshqadamlik qilyapti. Mezbonlar 34 ta oltin, 30 ta kumush, 25 ta bronza, jami 89 ta medalni qoʻlga kiritib ulgurishdi. Eron 15 ta oltin, 14 ta kumush, 10 ta bronza medali bilan 2-oʻrinda bormoqda. Garchi ularda ham medallar soni bizniki bilan teng bo'lsada, ularda oltin medallar soni ko'proq bo'lganligi bois, 2-o'rinni egallashgan. 4-o'rinni esa Ozarbayjon 7 ta oltin, 10 ta kumush, 8 ta bronza medali bilan band etgan. Hisobida 6 ta oltin, 4 ta kumush, 15 ta bronza medali boʻlgan Qozogʻiston 3-oʻrindan 6-pogʻonaga tushib ketgan.

Avvalroq, musobaqa doirasida kechagi kun bahslarida Olga Zabelinskayaning oltin, Yanina Kuskivaning kumush hamda Aleksey Fomovskiyning bronza medallariga sazovor bo'lgani haqida xabarlar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40412 | Инструменты