Huawei 1
Hasanboy Do‘smatovning ukasi Faryozbek prof boksdagi uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Koreya Respublikasi poytaxti Seul shahrida professional boks oqshomi tashkil etildi.

Oqshom doirasida bir necha o‘zbekistonlik bokschilar, jumladan, ikki karra Olimpiada chempioni Hasanboy Do‘smatovning ukasi Faryozbek Do‘smatov ham ringga ko‘tarildi.

20 yoshli iqtidor egasiga prof boksdagi uchinchi jangida koreyalik Sang Xyon Ox (9-4-1) raqiblik qildi. 55 kg vazn toifasida tashkil etilgan jang to‘liq 8 raund davom etdi va unda hamyurtimiz ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi. Bu Faryozbekning prof boksdagi uchinchi g‘alabasiga bo‘ldi.

Turnir doirasida jang qilgan qolgan bokschilarimiz ham g‘alabaga erishishdi:

Yengil vazn: Sirochbek Ismoilov (7-0) - Ji Sub Oh (Koreya Respublikasi, 8-1-1), (2-raundda KO)

Yarim yengil vazn: Shahzodbek Sharobiddinov (7-2-0) - Yang Ji Kim (Koreya Respublikasi, 7-2-0), (8-raundda TKO)

O‘rta vazn: Egamberdi Nuriddinov (6-0-1) - Manish (Hindiston 6-2-1), (2-raundda TKO).

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101808 | Инструменты