O‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov Xalqaro boks federatsiyasining (IBF) noyabr oyi uchun yangilangan reytingida 8-o‘rinni egalladi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
E’tiborlisi, yarimo‘rta vaznda (66,6 kg) jang qiluvchi G‘iyosovdan tashqari o‘zbek bokschilari tashkilot reytingiga kiritilmadi. G‘iyosov esa o‘tgan oydagi o‘rnini bittaga yaxshilab, 8-pog‘onadan joy oldi.
Sobiq WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev ham reytingga kiritilmadi. Birinchi yarimengil vazn (55,3 kg) toifasida janglar o‘tkazuchi Ahmadaliyev o‘tgan oy reytingida 4-pog‘onani band etgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112216 | Инструменты