Huawei 1
Isroil Madrimov WBC Interim kamari uchun kechgan jangda mag‘lub bo‘ldi

23 fevralga o‘tar kechasi Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida “Riyadh Season” tomonidan navbatdagi profboks kechasi tashkil etildi. Musobaqa doirasida o‘zbekistonlik Isroil Madrimov amerikalik Virjil Ortisga qarshi ringga ko‘tarilib, mag‘lubiyatga uchradi.

To‘liq 12 raund davom etgan jangda hakamlar qaroriga ko‘ra Ortisning g‘alabasi qayd etildi va u yarim o‘rta vazn toifasida vaqtinchalik WBC kamarini o‘zida saqlab qoldi.

Shunday qilib, 26 yoshli Ortis profboksdagi 23-g‘alabasini tantana qilgan bo‘lsa, 30 yoshli Madrimov profboksdai 2-mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Ma'lum bo‘lishicha, Madrimov bir necha oy avval virusga chalingan va shundan so‘ng o‘zining optimal sport formasini tiklay olmagan. To‘liq tiklanmagan bo‘lsa-da, jangni bekor qilishni istamagan.

Kechaning markaziy jangida ikki rossiyalik professional bokschi Artur Beterbiyev va Dmitriy Bivol birinchi og‘ir vazn toifada mutlaq jahon chempionligi uchun jang qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22317 | Инструменты