Huawei 1
Isroil Madrimovning navbatdagi raqibi va jang sanasi haqida xabarlar tarqaldi

Super yarimo‘rta vazn toifasida sobiq WBA chempioni Isroil Madrimovning navbatdagi jangi tafsilotlari maʼlum bo‘ldi.

Hamyurtimiz 21-dekabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida tashkil etiladigan Usik-Fyuri II oqshomida ringga ko‘tarilishi mumkin. Unga o‘sha turnirda ukrainalik Sergey Bogachuk raqib bo‘ladi. Ayni paytda tomonlar jang bo‘yicha muzokaralarga kirishgani maʼlum qilindi.

Bu haqida boks insayderi Fernando Sabatini o‘zining Tvitterdagi sahifasi orqali xabar bermoqda.

Avvalroq, Turki Al al-shayxning ham yurtdoshimizning Ar-Riyoddagi oqshom doirasida jang qilishini xohlayotgani haqida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, Madrimov (10-1-1) o‘zining so‘nggi jangini 4 avgust kuni amerikalik Terens Kroufordga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub bo‘lgandi. Ukrainalik 29 yoshli Sergey Bogachuk (24-2-0) esa o‘zining oxirgi jangini Verjil Ortisga qarshi o‘tkazib, imkoniyatni boy bergan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91708 | Инструменты