Toshkent shahridagi Universal sport saroyida joriy yil 25-29 sentyabr kunlari Kikboksing bo‘yicha birinchi Jahon kubogi bo‘lib o‘tdi.
Final janglarda WAKO Prezidenti Roy Beyker, vitse-prezident Espen Lund, ARISF prezidenti Rafayelle Kyulli, WAKO O‘zbekiston prezidenti Asadjon Xodjayev, O‘zbekiston MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov, Osiyo Olimpiya kengashining vitse prezidenti Otabek Umarov, Kikboksing assotsiatsiyasi raisi Oybek Normetov, kikboksing muxlislari, mahalliy ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.
Final bosqichga muxlislar 28 ta jangning murosasiz kechganiga guvoh bo‘lishdi.
Kubok yakuniy natijalariga ko‘ra O‘zbekiston 53 ta davlat orasida birinchilikni qo‘lga kiritdi.
Kuchli 15 talik davlatlar qatoridan Qozog‘iston (2-o‘rin), Tojikiston (3-o‘rin), Janubiy Afrika (4-o‘rin), Qirg‘iziston (5-o‘rin), Ozarbayjon (6-o‘rin), Hindiston (7-o‘rin), Jazoir (8-o‘rin), Tayland (9-o‘rin), Turkmaniston (10-o‘rin), shuningdek, Avstriya, Isroil, Germaniya, Bolgariya va Iroq joy egalladi.
Chempionlar va medallar sohiblariga Jahon kubogi hamda pul mukofotlari tantanali topshirildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100523 | Инструменты