Velosportchilar Olga Zabelinskaya - oltin, Yanina Kuskova - kumush medallariga ega chiqishdi
Xabaringiz bor, shu kunlarda Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamligi o'yinlari bo'lib o'tmoqda.
Bugun, 11-avgust kungi bellashuvlar O'zbekiston delegatsiyasi uchun ancha omadli kechmoqda. Bir necha soat avval Aleksey Fomovskiy velosport bo'yicha musobaqadagi 3-bronza medalini qo'lga kiritgan edi. Hozirgina musobaqa doirasida delegatsiyamiz vakillari yana bir nechta medallarni qo'lga kiritdi.
Unga ko'ra, ayollar terma jamoamiz veloshosseda birinchi hamda ikkinchi o'rinlarni qo'lga kiritdi. Birinchi o'rin Olga Zabelinskaya bo'lsa, ikkinchi o'rinda Yanina Kuskova marraga yetib keldi. Bu Zabelinskayaning musobaqa doirasida qo'lga kiritgan ikkinchi, Kuskova uchun esa uchinchi medali bo'ldi.
Ma'lumot uchun, ayni damda velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi qo‘lga kiritilgan medallar soni bo‘yicha barcha davlatlar ichida peshqadamlik qilmoqda.
Bunga qadar, Yanina Kuskova velotrekning yakkalik taʼqib poygasi va ochkolar poygasi yoʻnalishlarining har ikkala dasturida kumush medallar, Olga Zabelinskaya esa ochkolar poygasi yoʻnalishida oltin medalni qo'lga kiritgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40414 | Инструменты