Germaniyada shaxmat boʻyicha “Freestyle Chess G.O.A.T Challenge” turnirining asosiy bosqich bahslari boshlandi.
Musobaqada dunyoning 8 nafar kuchli grossmeysteri ishtirok etmoqda.
Mazkur turnirda qatnashayotgan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov kecha saralash bahslarini 1-oʻrinda yakunlagani haqida xabar qilgandik.
U bugun asosiy bosqich bahslarida (chorak finalda) xitoylik Ding Lirenga qarshi dona surdi va gʻalabaga erishdi.
Ertaga ular oʻrtasida javob oʻyini oʻtkaziladi. Ikki oʻyin natijasiga koʻra gʻolib yarim finalga yoʻl oladi.
Chorak finalning dastlabki kunida qayd etilgan natijalar:
Alpha version: 0.9.1.19 build 101004 | Инструменты