Huawei 1
Nodirbek Yakubboyev hindistonlik shaxmatchi bilan o‘yin oldidan qo‘lini siqib qo‘ymagani muhokamalarga sabab bo‘ldi

Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida bo‘lib o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha an’anaviy «Tata Steel Chess-2025» musobaqasi doirasida hindistonlik raqibi Vaishali bilan uchrashuv o‘tkazgan o‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Yakubboyev noqulay vaziyatga tushib qoldi.

U uchrashuv boshlanishida raqibining qo‘lini siqib qo‘yishni istamagan. Bu holat esa OAVlarda turlicha talqini qilina boshladi.

Hodisa Tata Steel Challengers 2025 musobaqasining 4-turida ro‘y bergan. Odatga ko‘ra, shaxmatchilar qo‘l siqib o‘yinni boshlaydi. Ammo o‘zbekistonlik shaxmatchi Vaishaliga qo‘l uzatmadi. Ko‘plab tanqidlarga sabab bo‘lgan holat bo‘yicha Yakubboyevning o‘zi tushuntirish berdi.

«Ayollar va hindistonlik shaxmatchilarni hurmat qilib, barchaga shuni ma’lum qilmoqchimanki, men diniy sabablarga ko‘ra boshqa ayollar bilan qo‘l berib ko‘rishmayman.

Men Vaishali va uning ukasi (Rameshbabu Pragnanandxa)ni Hindistonning eng kuchli shaxmatchilari sifatida hurmat qilaman. Agar men uni xatti-harakatim bilan xafa qilgan bo‘lsam, kechirim so‘rayman», – deb yozadi Nodirbek «X» ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

U, shuningdek, ruminiyalik shaxmatchi Irina Bulmamga bilan uchrashuvda uni bu haqda ogohlantirganini va u bunga rozi bo‘lganini aytgan.

«Vaishali bilan bo‘lgan o‘yinlarda o‘yin oldidan ularga bu haqda gapira olmadim va noqulay vaziyat yuzaga keldi», – deydi u.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12904 | Инструменты