Huawei 1
Nursulton Ro‘ziboyevning navbatdagi jang sanasi va raqibi maʼlum bo‘ldi

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev navbatdagi jangini UFC 308 turnirida o‘tkazishi kutilmoqda.

26 oktyabr kuni Abu-Dabi mezbonlik qiladigan turnirda hamyurtimizga rossiyalik Rinat Faxriddinov (24-1) raqib bo‘ladi. 

UFC tez orada ushbu to‘qnashuvni rasman tasdiqlashi kutilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Nursulton so‘nggi jangini shu yil may oyida Xoakin Bakliga qarshi o‘tkazib, ochkolar evaziga mag‘lub bo‘lgandi. 

Faxriddinov esa iyun oyida Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan turnirda daniyalik Nikolas Dolbini ochkolar evaziga mag‘lubiyatga uchratgan. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90806 | Инструменты