Huawei 1
Toshkentda shifobaxsh o‘simlikdan noyob dori vositasi ishlab chiqarilishi mumkin

Vengriyaning yetakchi iqtisodiy nashrlaridan biri – “Világgazdaság” saytida "Vengriya ishtirokida Toshkentda Nobel mukofoti sovrindori tomonidan kashf qilingan shifobaxsh o‘simlikdan dori vositasi ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilishi mumkin" sarlavhali maqola eʼlon qilindi

"Shirin shuvoq ming yillar davomida xitoyliklar va yevropaliklar tomonidan ishlatilgan o‘simliklardan biridir. 2015 yilda xitoylik tadqiqotchi Tu Yuyu bezgakni davolashda 100 foiz samaradorlikni ko‘rsatgan shirin shuvoqning faol komponentini ajratib olgani va undan bezgakka qarshi dori yaratgani uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Yaqinda ming yillik dorivor o‘simlik Vengriya-O‘zbekiston tadqiqot va innovatsion loyihasining asosiy elementiga aylandi. Asosiy ishlanmalar Debretsen universitetining farmatsevtika fakultetida amalga oshirilmoqda va Toshkent dori vositalari ishlab chiqarish markaziga aylanish istagini bildirdi", – deya Debretsen universiteti dekani Ildiko Backay so‘zlaridan iqtibos keltirilgan maqolada.

Qayd etilishicha, dorivor o‘simliklardagi faol moddalarning tarkibi beqaror va ko‘plab tashqi omillarga, jumladan, iqlim va tuproqqa bog‘liq. Davom etayotgan Vengriya-O‘zbekiston ilmiy-tadqiqot loyihasi ushbu omillarning ayni zavoddagi faol komponentlar tarkibiga qanday taʼsir qilishini o‘rganmoqda.

Nashrda loyihaning O‘zbekiston tomonidan ishtirokchisi Toshkent farmatsevtika instituti, sanoat hamkori esa Vengriyaning "Meditop Gyógyszergyártó Kft." farmatsevtika kompaniyasi ekanligi maʼlum qilingan.

"2023 yil iyul oyida Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyarto hamda O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Budapeshtda O‘zbekiston tomoni Toshkent yaqinida Vengriya farmatsevtika sanoati vakillari uchun maxsus iqtisodiy zona tashkil etish niyatida ekanligini maʼlum qilgan edi", – deb taʼkidlangan maqolada.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin tojik kovragining shirasini olishga to'sqinlik qilmagan o'rmonchilar o'simlik dunyosiga 442 million so'm zarar yetkazgani haqida xabar bergan edik. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21214 | Инструменты