Huawei 1
O'zbekiston "klassik" kurashchilari Zagreb Gran-pri turnirida kumush va bronza medallariga sazovor bo'lishdi

Shu yilning 5-9-fevral kunlari Xorvatiyaning Zagreb shahrida sport kurashlari bo'yicha Gran-pri turniri bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, unda yunon-rum kurashi bahslarida ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi 1 tadan kumush va bronza medallariga sazovor bo'ldi.

Xususan, 60 kilogramm vazngacha polvonlar bahsida Alisher G'aniyev kumush, 63 kilogrammgacha bo'lgan kurashchilar o'rtasida kechgan jangda Aytjan Xalmaxanov bronza medalini qo'lga kiritdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21214 | Инструменты