Huawei 1
O'zbekistonda futzal va sohil futboli uchun masʼul alohida tashkilot faoliyati yoʻlga qoʻyiladi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) Ijroiya qo‘mitasining joriy yil 12 dekabr sanasidagi yig‘ilishi bayoniga asosan, mamlakat futzali va sohil futboli uchun javobgar alohida tashkilot (federatsiya) tuzish masalasi belgilandi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

“Bu tajriba muvaffaqiyatli amalga oshirilganini 2000 yillar avvalida tuzilgan Futzal assotsiatsiyasi misolida eslab o‘tish mumkin. O‘shanda assotsiatsiyasining faol tashabbuslari natijasida yurtimizda futzal jadallik bilan rivojlangan va natijalar yaxshilangan”, deyiladi manba xabarida.

Noyabr oyi davomida O‘FA mazkur masalani to‘liq o‘rganib chiqib, 2025 yildan boshlab bu borada qanday amaliy ishlar olib borilishi yuzasidan yakuniy qarorga keldi. Dastlabki bosqichda professional va havaskorlar futzalni hamjihatlikda rivojlantirish, shu asosida mamlakat terma jamoalarini shakllantirish, chempionat o‘yinlarida raqobatni kuchaytirish, klublar darajasini oshirish lozimligi qayd etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121818 | Инструменты