Ikkinchi eng yengil vaznda mutlaq jahon chempioni, yaponiyalik Naoya Inoue (29-0, 26 KO) hamda amerikalik Ramon Kardenas (26-1, 14 KO) o‘rtasidagi jang rasman eʼlon qilindi.
Chempionlik jangi 4 may kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi T-Mobile Arena majmuasida bo‘lib o‘tadi. Bu Inouening 2021 yildan beri AQSHdagi ilk jangi bo‘ladi.
Naoya ushbu jangda g‘alaba qozongan taqdirda sentyabr oyida Yaponiyada WBA Interim chempioni, o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev bilan to‘qnash keladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31418 | Инструменты