Huawei 1
“O‘zbekiston investitsiyalar kiritishga eng qulay mamlakatlardan biridir” — Serbiya sobiq prezidenti

23-oktyabr kuni Toshkentda Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasidagi “O‘zbekiston xalqaro biznesning yangi markazi sifatida: xorijiy kompaniyalar uchun imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro tadbir tashkil etildi.

Unda raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Latviya sobiq prezidenti Raymonds Veyonis, Serbiya sobiq prezidenti Boris Tadich, Xalqaro elektraloqa ittifoqi sobiq bosh kotibi Hamadoun Ture, Irlandiyaning IDA (Industrial Development Authority) tashkiloti maslahatchisi Shon Makklin, NEC korporatsiyasi sobiq vitse-prezidenti hozirgi kunda raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi Akihiro Sakurai ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Latviya sobiq prezidenti Raymonds Veyonis ta’kidlashicha, O‘zbekistonning sarmoyaviy muhitdagi islohotlari Yevropa davlatlari kompaniyalarining ko‘payishini osonlashtiradi. Xorijiy investitsiyalar uchun tartib-taomillarni soddalashtirish va xorijiy kompaniyalarning bu yerga kelib ishlashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ayniqsa, O‘zbekistonda IT Park rezidentlariga beriladigan imtiyozlar 2040-yilgacha uzaytirilishi investorlar uchun ishonchni oshirib, jozibador muhit yaratdi. Bu islohotlar 2030-yilga qadar IT eksporti 5 mlrd AQSH dollarga yetkazish va Sun’iy intellekt bozori 1,5 mlrd AQSH dollarga yetkazilishiga zamin yaratdi. 

Serbiya sobiq prezidenti Boris Tadichning fikricha, O‘zbekiston hukumati tomonidan IT sohasiga berilayotgan e’tibor tufayli O‘zbekiston “Mintaqaviy IT Hub”ga aylanmoqda. Buning natijasida O‘zbekiston xorijiy kompaniyalar uchun biznes yuritish va investitsiyalar kiritishga eng qulay mamlakatlardan biridir.

Boris Tadich O‘zbekistonda raqamli startaplarni rivojlantirish orqali hukumat, bugungi davr talablariga dosh berishga tayyor bo‘lgan tadbirkorlarning yangi avlodini keng qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu startapchilar nafaqat iqtisodiy ishtirokchilar, balki ijtimoiy qiymat yaratish va turmush darajasini oshirishda muhim hamkorlardir. O‘zbekistonda raqamli startaplarni rivojlantirish uchun kiritilgan xorijiy investitsiyalar miqdorida mahalliy mablag‘ ajratilishi muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102516 | Инструменты