Bu sovrin uchun Maxachev, Sterling va Volkanovski singari jangchilar nomzodlari qo‘yilgan edi
UFC 2022-yil yakunlari bo‘yicha yilning eng yaxshi jangchilari yakuniy reytingini e’lon qildi.
So‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, yarim yengil vazn toifasi chempioni va P4P reytingi yetakchisi Aleksandr Volkanovski yilning eng yaxshi jangchisi deb topilgan. Avstraliyalik yakkakurashchi joriy yilda Chon Chhan Son va Maks Xolloveyni mag‘lubiyatga uchratdi. 11-fevral kuni Aleksandr yengil vazn divizioni chempioni Islom Maxachevga qarshi jang qiladi.
Kuchli uchlikdan o‘rta vazn toifasi chempioni Aleks Pereyra va yengil vazn chempioni Islom Maxachev joy olgan.
Top-10lik bilan tanishing:
1. Aleksandr Volkanovski
2. Aleks Pereyra
3. Islom Maxachev
4. Veyli Jang
5. Leon Edvards
6. Marlon Vera
7. Aljameyn Sterling
8. Jamal Hill
9. Irji Proxazka
10. Roman Dolidze
Alpha version: 0.9.1.19 build 21917 | Инструменты