Huawei 1
Rikardo Martines Vaskes Ispaniyaning Oʻzbekistondagi elchisi etib tayinlandi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ispaniyaning Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Rikardo Martines Vaskesning ishonch yorliqlarini qabul qildi.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar dinamikasi yuqoriga qarab ketayotganligi yaqqol namoyon boʻlayotgani, ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari birgalikda hayotga tatbiq etishi lozim boʻlgan ulkan imkoniyatlar muhokama qilindi.

“Janob elchiga ikki davlat hamkorligining yangi yoʻnalishlarini rivojlantirishda va samarali faoliyat olib borishida omad tilaymiz“, — deb yozadi Baxtiyor Saidov oʻzining Telegram kanalida.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22107 | Инструменты