Huawei 1
UFC‘dagi ilk jangida g‘olib bo‘lgan Ramazon Temirovga uy sovg‘a qilindi

O‘zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Ramazon Temirov AQSHdan qaytib keldi.

U 13 oktyabr tongida tashkil etilgan UFC Vegas 98 turniri doirasida amerikalik Si Jey Vergarani birinchi raundda nokautga uchratdi. Bu Temirov uchun UFC‘dagi ilk jang edi.

Bugun tongda Ramazon murabbiylari bilan birgalikda Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi.

Unga xususiy kompaniya tomonidan ikki xonali uy sovg‘a qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101605 | Инструменты