Huawei 1
UZREPORT TV boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi Jahon chempionatini jonli efirda namoyish qiladi

Joriy yilning 25-oktabr – 6-noyabr kunlari Serbiyaning Belgrad shahrida AIBA tomonidan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati tashkil etiladi.

Yurtimizdagi millionlab boks muxlislarining qiziqishini inobatga olgan holda, UZREPORT TV Boks bo‘yicha Jahon chempionati translyatsiyasining eksklyuziv huquqini xarid qildi.

Ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan ushbu nufuzli musobaqa bu safar 13 ta vazn toifasida tashkil etiladi. Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi barcha 13 ta vazn toifasidagi bokschilar bilan qatnashadi.

Ayni vaqtda o‘zbekistonlik bokschilar bo‘lajak musobaqaga qizg‘in hozirlik ko‘rishmoqda va jamoaning kengaytirilgan tarkibiga har bir vazn toifasida 3 nafardan sportchi jalb etilgan.

25 oktyabrdan 2 noyabrgacha Jahon chempionatining dastlabki bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Yarim final janglari 4-noyabrga belgilangan.

5-6 noyabr kunlari esa Jahon chempionatining final  bahslari o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, 2019-yilda tashkil etilgan so‘nggi jahon chempionatida hamyurtlarimiz 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallagan edi.

Bokschilarimizni birgalikda qo‘llab-quvvatlaymiz!

Izohlar: 5
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga