Oʻzbekiston delegatsiyasi uchun Xarbin-2025 qishki Osiyo oʻyinlari nihoyasiga yetdi.
13-fevral kuni figurali uchish boʻyicha sportchilarimiz Niginabonu Jamoliddinova hamda Sevinch Rahimova muzga chiqishdi. Yakunda Jamoliddinova 17, Rahimova esa 22-pogʻonani egallashdi.
Shunday qilib, 1 ta oltin medalga ega O‘zbekiston delegatsiyasi musobaqalarni umumjamoa hisobida Filippin bilan birgalikda 5-o‘rinda yakunlaydi. Musobaqada umumiy 83 ta medal jamg‘argan mezbon Xitoy umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. Kuchli uchlikka Janubiy Koreya va Yaponiya jamoalari kirishni uddaladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31410 | Инструменты