Huawei 1
Bloomberg: Apple Hindistondan iPhone eksportini ikki barobarga oshirib, 2,5 milliard dollarga yetkazdi

Bloomberg hisob-kitoblariga ko’ra, Apple kompaniyasi 2022-yilda Hindistondan mahalliy ishlab chiqarilgan 2,5 milliard dollarlik iPhone'larni eksport qilgan. Ushbu ko’rsatgich o’tgan yilga nisbatan ikki baravar ko’p, deb yozadi nashr.

Qayd etilishicha, Hindistondagi Foxconn Technology Group va Wistron Corp zavodlari har biri taxminan 1 milliard dollarlik iPhone ishlab chiqargan va eksport qilgan. Yana bir yirik pudratchi - Pegatron Corp Hindistondan Apple uchun ishlab chiqarilgan qariyb 500 million dollarlik smartfonlarni eksport qildi.

Agar olingan bu ma’lumotlar to’g’ri bo'lsa, mutaxassislarning prognozlari va Apple kompaniyasining elektronika ishlab chiqarish qismini bosqichma-bosqich Xitoydan Hindistonga o’tkazish rejalari tasdiqlanadi. Eslatib o’tamiz, o’tgan yilning bahorida Apple Xitoydan tashqarida butlovchi qismlar ishlab chiqarishni ko’paytirish niyatida ekanligi ma’lum bo’lgan edi. Kompaniyaning bu rejalariga Xitoydagi Covid-19ga qarshi kiritilgan qat'iy choralar, jumladan butun shaharlarni yopib qo’yilishi sabab bo’lgan.

The Wall Street Journal nashri ma’lumotlariga ko’ra, o’shanda Apple uchun ishlab chiqarishni kengaytirish bo’yicha eng asosiy da’vogarlar Hindiston va Vetnam bo’lgan.

Eslatib o’tamiz, avvalroq Hindistonning Tata Group kompaniyasi mamlakatdagi iPhone ishlab chiqaradigan Wistron zavodini sotib olishini ma’lum qilgan edik.

Mavzuga oid:

- Apple 2023-yilda qanday gadjetlarini namoyish etishi bo'yicha ro'yxatni ma'lum qildi

- Rossiyada dunyodagi eng qimmat iPhone 14 ning taqdimoti o‘tkazildi

- iPhone 15 Ultra ehtimolli dizayniga oid fotosuratlar e’lon qilindi - foto 

- Oʻzbekistonliklar iPhone 14 Pro smartfonini sotib olish uchun necha kun ishlashi kerak?

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122617 | Инструменты