AnTuTu platformasi 2023-yilning yanvar-fevral oylari uchun eng kuchli smartfonlar ro’yxatini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, yangi ro’yxatda Qualcomm Snapdragon chiplari asosidagi qurilmalar yetakchilik qilmoqda. Reytingdagi smartfonlardan faqat bittasigina boshqa chip - Dimensity 9000+ bilan jihozlangan.
Eng kuchli smartfonlar reytingida vivo X90 Pro+ 1 283 893 ball bilan birinchi o’rinni egalladi. Bunda asosiy rolni qurilmada Qualcomm’ning eng yaxshi Snapdragon 8 Gen 2 protsessori va 12 Gb tezkor xotirasidan foydalanish o’ynadi.
iQOO 11 smartfoni 1,272 million ball to’plab ikkinchi o’rinni egalladi. Qurilmada yana o'sha Snapdragon 8 Gen 2 protsessori va 16 Gb tezkor xotiradan foydalanilgan.
Uchinchi o’rinda esa 1,112 million ball bilan Legion Y70 telefoni joy egalladi. Smartfon Snapdragon 8+ Gen 1 protsessori bilan jihozlangan.
Shu bilan birga kuchli beshlikda Redmi K50 Ultra va Asus ZenFone 9 joylashdi.
Keyingi o'rinlarni egallagan smartfonlar: Mi 12T Pro, Red Magic 7, iQOO Neo 7, Galaxy Z Fold 4 5G va Mi 12 Pro.
Sizga qiziq bo'lishi mumkin:
- Tarixdagi eng ko'p sotilgan 20 ta telefon nomi e'lon qilindi
- Coca-Cola smartfoni rasman taqdim etildi
- Dizayner iPhone 15 Pro Max'ning ajoyib konsepsiyasini taqdim etdi
- Eng chidamli va puxta smartfonlar aniqlandi
- Eng kuchli Android smartfonlarining reytingi yangilandi, unda birorta ham Samsung modeli yo’q
Alpha version: 0.9.1.19 build 120413 | Инструменты