Huawei 2
iOS 14 operatsion tizimining sirli funksiyasi aniqlandi

iOS 14 operatsion tizimida qurilma orqa korpusiga yengil urish orqali iPhone’ni boshqarish imkoniyati paydo bo'ldi.

Double Tap funksiyasiyani faollashtirish orqali smartfon korpusini yengil urish va chertishlarni buyruq, deb qabul qiladi. Xususan, korpusga ikki marta bosish orqali devays boshqaruv va bildirishnomalar markazini ochadi, iPhone’ni «qulflaydi», ekranni suratga oladi, uni kattalashtiradi, ovoz balandligini ko'taradi yoki o'chiradi, ovozsiz rejimni yoqadi. Kerakli sozlamalar foydalanuvchi tomonidan sozlanishi mumkin.

Avvalroq, iPhone smartfonlar uchun yangi operatsion tizim iOS 14ni taqdim qilganligi va uning qo'shimcha xususiyatlari haqida xabar qilgan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga