Afg’onistonda juma namozi vaqtida portlash sodir bo’ldi, kamida to'rt kishi halok bo'ldi.
Afg’oniston poytaxti Qobulda juma namozi vaqtida portlash sodir bo’ldi. Voqea oqibatida, maxalliy fuqarolardan birining aytishicha, kamida 4 kishi halok bo’ldi, binoga jiddiy zarar yetdi.
Guvohlarning aytishicha, portlovchi modda Shir-Shoh-E-Suri masjidining binosiga joylashtirilgan edi.
Afg'oniston ichki ishlar vazirligi juma kuni e’lon qilgan bayonotida, portlash kamida to'rt kishining o’limiga sabab bo’lganini va ko'plab jarohat olganlar borligini xabar qildi.
Voqea uchun javobgarlikni hech kim bo’yniga olmadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112209 | Инструменты