Huawei 1
AQSH bir kunda 5 milliard dollarlik "oltin kartalar" sotdi

AQSH bir kunda 5 milliard dollarlik "oltin kartalar" sotdi Bu haqida Qo‘shma Shtatlar savdo vaziri Hovard Latnik ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bir kun ichida 1 000 ta "oltin karta" sotilganini va bu orqali hukumat 5 milliard dollar daromad qilgan. "Oltin kartalar"ni sotishdan tushgan mablag‘lar davlat byudjeti defitsitini qisqartirishga yo‘naltiriladi.

"Oltin kartalar" maxsus viza dasturi AQSH prezidenti Donald Tramp tomonidan e’lon qilingan bo‘lib, bunday kartani olgan shaxslar "grin-karta" egalari bilan teng huquqlarga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, ular uchun AQSH fuqaroligini osonlashtirilgan tartibda olish imkonini yaratish ko‘zda tutilgan.

"Ko‘plab insonlar bizning mamlakatimizda yashashni istaydi. Ular ishlab, yangi ish o‘rinlarini yaratib, kompaniyalar barpo etishi mumkin. Bu insonlar katta moliyaviy imkoniyatlarga ega bo‘ladi AQSH "millionta shunday kartani sotishi" mumkin", – degandi Qo‘shma Shtatlar prezidenti.

Tramp, shuningdek, "oltin kartalar"ni rossiyalik biznesmenlarga sotish imkoniyatini ham rad etmagan va ularning ayrimlarini "juda yaxshi odamlar" deb bilishini ta’kidlagandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32406 | Инструменты