Huawei 1
AQSh Isroildan G'azodagi urushni yil oxirigacha tugatishni so'radi - The Economist

AQSh hukumati Isroilni G‘azo sektoridagi harbiy operatsiyani yangi yilga qadar yakunlashi zarurligi haqida xabardor qildi, deb yozadi The Economist manbalarga tayanib.

Xabarga ko'ra, Isroil mudofaa kuchlari, katta ehtimol bilan, quruqlikdagi kuchlarga tayangan holda harbiy kampaniyani davom ettiradi. Bunday ssenariyda Falastinning HAMAS harakati G'azoning bir qismini nazorat qilishda davom etadi, deb yozadi The Economist.

Nashr suhbatdoshlarining qayd etishicha, Amerika rasmiylarining pozitsiyasini AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken yaqinda Isroilga qilgan tashrifi chog‘ida bildirgan. Ommaviy ravishda, har ikki mamlakat rasmiylari AQSh ma'muriyati isroilliklar uchun biron bir muddat belgilaganini rad etmoqda. Bundan tashqari, AQSh rasmiylari Isroildan, ayniqsa G‘azo sektori janubida“Falastin fuqarolari azobini yengillashtirish uchun” ko'proq harakat qilishi kerakligini talab qilmoqda.

Isroil va HAMAS o'rtasidagi urush 7-oktyabrda boshlangan. Isroil hukumati qurbonlar sonini 1,4 ming kishi deb hisoblasa, Falastin hukumati 17 mingdan ortiq halok bo‘lganini ma’lum qildi. Noyabr oyi oxirida tomonlar bir necha kunlik o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishib oldilar, biroq 1-dekabr kuni Isroil armiyasi G‘azodagi amaliyotlarini qayta boshladi. Avvalroq Isroil Bosh vaziri HAMAS jangarilarini taslim bo‘lishga chaqirgani haqida xabar bergan edik. So'nggi kunlardagi ko'plab taslim bo'lish holatlari Falastinning radikal islomiy tashkiloti o'z nihoyasiga yetib qolganidan dalolat beradi, dedi Netanyaxu.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20813 | Инструменты