O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida mehnat migratsiyasini tartibga solish bo‘yicha yangi mexanizm joriy etiladi. Bu haqda O‘zbekiston delegatsiyasi vakillarining Rossiya Mehnat va bandlik federal xizmati (Rostrud) rahbari Mixail Ivankov bilan bo‘lgan uchrashuvida maʼlum qilindi.
Bundan tashqari, Rossiyada vaqtincha mehnat qilish istagidagi fuqarolar uchun O‘zbekistonda maxsus tayyorgarlik markazlarini tashkil etish bo‘yicha qo‘shma loyihalar amalga oshirilishi belgilandi.
Shuningdek, Rossiya Mehnat va bandlik federal xizmati ish beruvchilarning faoliyatini o‘rganib, ishonchliligini aniqlashda Migratsiya agentligi bilan yaqin hamkorlik qiladigan bo‘ldi.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin 2025-yilda 2500 nafar o‘zbekistonlik Litvadagi ishlarga jalb qilinishi haqida xabar bergan edik. Litvada O‘zbekistondan boradigan ishchi kuchiga talab borligi, shu yilning o‘zida doimiy ish o‘rinlariga 2000, mavsumiyga kamida 500 nafar jalb qilinishi taʼkidlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20816 | Инструменты